Baxtiyor Saidov: FAO bilan hamkorligimiz yildan yilga yangi mazmun kasb etmoqda
Oktabr 05, 2026. 20:54 • 1 daq
• 110
TOSHKENT,5-oktabr. / "Dunyo" AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Bugun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori janob Syuy Dunyuyni O‘zbekistonda ko‘rishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Mamlakatimiz BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari bilan keng ko‘lamli hamkorlik dasturiga ega. Bu yaqin va ishonchli munosabatlar barcha ustuvor yo‘nalishlarda izchil rivojlanib, yuqori sur’atlarni namoyon etmoqda.
FAO bilan o‘zaro hamkorligimiz ham yildan yilga yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Uchrashuvimizda O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildik".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi