Bahraynda mushkul ahvolda qolgan vatandoshimiz O'zbekistonga olib kelindi
Avgust 30, 2025. 14:43 • 27 soniya
• 43
MANAMA, 30-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) ko'magida Bahrayn poytaxti Manama shahrida mushkul ahvolda qolgan S.A. O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Diplomatik vakolatxonamizdan olingan ma'lumotga ko'ra, S.A. O'zbekistondan 2015-yilda chiqib ketgan va Bahrayn fuqarosiga turmushga chiqqan. Oilaviy mojarolar sababli hamyurtimiz O'zbekistonga qaytarishda yordam so'rab elchixonaga murojaat qilgan.
Murojaat o'rganilganidan keyin hamyurtimizga Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, mamlakatimizga qaytishi uchun Bahraynda istiqomat qilib kelayotgan faol vatandoshlar ko'magida aviachipta olib berildi. Yurtdoshimiz 28-avgust kuni O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga