Buyuk Britaniya poytaxtida "Xorijdagi o'zbekistonlik yoshlar" forumi bo'lib o'tdi
Iyul 22, 2025. 12:18 • 58 soniya
• 75
LONDON, 22-iyul. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniya poytaxtida "Xorijdagi o'zbekistonlik yoshlar" forumi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Forum mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi hamda London va boshqa shaharlardagi faol vatandoshlar bilan birgalikda uyushtirildi.
Tadbir Britaniyadagi yoshlar o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish, milliy madaniyat va qadriyatlarimizni keng targ'ib qilish, shuningdek, bilim va tajriba almashish imkoniyatlarini oshirish maqsadida o'tkazildi.
Unda Buyuk Britaniyada ta'lim olayotgan va ishlayotgan faol yosh vatandoshlar qatnashdi.
Ishtirokchilarga davlatimiz rahbariyati tomonidan yoshlarning ta'lim olishi, rivojlanishi, fan, biznes, madaniyat, sport va jamoat hayotida o'z salohiyatlarini to'liq namoyon qilishi uchun yaratilayotgan sharoitlar to'g'risida so'zlab berildi.
O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Buyuk Britaniyadagi vakili o'zbek yoshlarning mamlakatimiz kelajagidagi o'rni va mas'uliyatini alohida ta'kidlab, ularni zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallash, yangi g'oya va tashabbuslarni amalga oshirishda yanada faol bo'lishga chorladi.
Xorijda orttirilayotgan bilim va kasbiy tajribani mamlakatimiz taraqqiyotiga va hayotga tatbiq etilayotgan amaliy loyihalarga yo'naltirish zarurligi qayd etildi.
Forum davomida Britaniyada moliya, dizayn, IT va boshqa yo'nalishlarda faoliyat olib borayotgan va katta tajribaga ega bo'lgan vatandoshlar ishtirokida sessiyalar tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga