"Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi: Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatidagi vatandoshlar holidan xabar olindi
Avgust 15, 2025. 09:23 • 1 daq
• 72
SANKT-PETERBURG, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi xodimlaridan iborat Ishchi guruhi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ishchi guruh a'zolari dastlab Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo'yicha chet el fuqarolariga kompleks xizmatlarni ko'rsatuvchi Yagona ko'p tarmoqli migratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi. Markaz rahbariyati bilan mehnat migrantlarining Rossiya hududida qonuniy bo'lishi uchun taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shundan so'ng, O'zbekiston vakillari "Agrofirma Viborjes" va "Kingiseppskiy mashinostroitelniy zavod" korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqot qildilar.
Suhbat davomida mehnat migrantlari bo'lgan hamyurtlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar to'g'risida fikr almashildi. Vatandoshlarning Rossiya hududida qonuniy ishlashining afzalliklari va "Migratsiya amnistiyasi" doirasida o'z huquqiy holatlarini legallashtirish uchun imkoniyat borligi ta'kidlandi.
Ishchi guruh Leningrad viloyatida joylashgan Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida bo'lib, markazda bo'lgan O'zbekiston fuqarolari holidan xabar oldilar. Muloqot chog'ida yurtdoshlarimizning muammolari tinglandi.
Olib borilgan o'rganishlar natijasida, 16 nafar hamyurtimizga oilasi bag'riga qaytishi uchun "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida aviachipta olib berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga