Qozog'istonning Atirau shahridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi
Iyun 23, 2025. 17:39 • 31 soniya
• 61
ATIRAU, 23-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog'istonning Atirau shahridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabul o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qabul davomida ushbu hududda vaqtincha va doimiy yashayotgan hamda ishlayotgan o'ttizdan ziyod O'zbekiston fuqarolariga tegishli tartibda maslahatlar, huquqiy yordam va konsullik xizmatlari ko'rsatildi.
Qabulga kelgan yurtdoshlarimizga O'zbekistonda kechayotgan yangilanishlar, xorijdagi vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash va ular ham aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan dasturlar haqida so'zlab berildi. Shuningdek, ularga Qozog'istonning migratsiyaga oid qonunchiligiga rioya qilish lozimligi ta'kidlandi.
O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari sayyor qabul davomida Atirau viloyati politsiya boshqarmasi mutasaddilari bilan ham muloqot qildilar. Uchrashuvda Atirau shahridagi O'zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabullarini doimiy ravishda o'tkazishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi