Rossiyaning Irkutsk shahrida qiyin vaziyatda qolgan ikki nafar yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi
Avgust 26, 2025. 07:22 • 30 soniya
• 72
IRKUTSK, 26-avgust /"Dunyo"AA/. Rossiyaning Irkutsk shahrida og'ir hayotiy sinovlarga duch kelgan ikki nafar O'zbekiston fuqarosining Vatanga qaytishi ta'minlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu insonparvarlik ko'magi O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan birgalikda amalga oshirildi.
Yurtdoshlarimizning O'zbekistonga qaytishi uchun Irkutsk–Toshkent yo'nalishida samolyotga chipta xarid qilib berildi. Ular 24 avgust kuni O'zbekistonga uchib ketishdi.
Mazkur holat O'zbekistonda xorijdagi fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va erkinliklarini ta'minlash borasida izchil olib borilayotgan siyosatning amaliy ifodasidir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga