O'zbekiston diplomatlari Turkiyada tahsil olayotgan hamyurtlarimiz holidan xabar oldilar
Iyun 05, 2025. 09:17 • 46 soniya
• 61
SAMSUN, 5-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Turkiyaning Samsun shahriga safar davomida "O'n to'qqizinchi may" va Samsun universitetlarida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatlar dastlab, talabalarning ta'lim jarayonlari, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishishdi, ularning kundalik hayotida duch kelayotgan muammo va ehtiyojlarini o'rganishdi.
Ochiq muloqot shaklida o'tkazilgan uchrashuvda hamyurtlarimizga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan migratsiya sohasidagi islohotlar va yangiliklar haqida so'zlab berildi. Shuningdek, Turkiyada tahsil olish davomida mahalliy migratsiya qoidalari va qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish, noqonuniy guruhlar ortidan ergashmaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Suhbat chog'ida, shuningdek, o'zbek tili va madaniyatini xorijiy mamlakatda keng targ'ib qilish, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Tadbirda so'zga chiqqan vatandoshlar bu kabi muloqotlarning muntazam o'tkazilishini qo'llab-quvvatladilar hamda mamlakatimiz rahbariyatiga xorijda ta'lim olayotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimizga qaratilayotgan yuksak e'tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi