Rossiyaning Magadan viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi
Iyun 11, 2025. 14:33 • 30 soniya
• 59
MAGADAN, 11-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Magadan viloyatiga safarlari davomida hududdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur muassasalar vakolatli xodimlari bilan kechgan suhbat jarayonida bu yerda saqlanayotgan vatandoshlarimiz muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida elchixona va ijro etish muassasasi o'rtasida amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha fikr almashildi.
Markazda vatandoshlarni saqlash, ularning tibbiy va boshqa zarur yordamlarni olishi, shuningdek, yaqin qarindoshlari bilan telefon muloqotlarini tashkil etish shartlariga alohida e'tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi