Logo

Ekstremizm bilan bog'liq ayblovlar bo'yicha O'zbekiston so'rovi asosidagi xalqaro qidiruvdagi shaxs AQShda qo'lga olindi

Noyabr 18, 2025. 21:09 • 2 daq

217
Ekstremizm bilan bog'liq ayblovlar bo'yicha O'zbekiston so'rovi asosidagi xalqaro qidiruvdagi shaxs AQShda qo'lga olindi

TOSHKENT, 18-noyabr /"Dunyo" AA/. AQShda vaqtincha yashab kelayotgan O'zbekiston fuqarosi AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati ("ICE") xodimlari tomonidan qo'lga olindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 242 bandlari va 244 moddasi 3 qismida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan hamda xalqaro qidiruvda bo'lgan O'zbekiston fuqarosi B.A. AQShning vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo'lga olingan.

Mazkur moddalar taqiqlangan diniy ekstremistik, separatistik va fundamentalistik tashkilotlarni tuzish, ularga rahbarlik qilish yoki ularda ishtirok etish, shuningdek, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.

B.A.ni qo'lga olish bo'yicha tezkor-qidiruv harakatlari 2024-yil may oyida boshlangan va O'zbekistonning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkolikda amalga oshirilgan. Olib borilgan ishlar natijasida fuqaro B.A. joriy yilning noyabr oyi boshida AQShda qo'lga olingan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish