O'zbekiston Bosh konsulxonasi sayyor qabuli: vatandoshlarning muammolari hal etilmoqda
May 13, 2025. 07:12 • 53 soniya
• 76
CHIMKENT, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Qozog'istonning Chimkent shahri, Jambil va Turkiston viloyatlaridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Sayyor qabul chog'ida Qozog'istonda istiqomat qilayotgan va vaqtincha ishlayotgan O'zbekiston fuqarolarining turli masalalari muhokama qilinib, ularga amaliy yordam ko'rsatildi.
Jumladan, o'n sakkiz nafar fuqaroga xorijga chiqish pasporti, o'n ikki nafariga esa vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, O'zbekistondan hujjatlarni talab qilish masalasi bo'yicha o'n ikki nafar, fuqarolikdan chiqish, fuqarolikka mansub yoki mansub emasligi masalalari bo'yicha o'n besh nafar yurtdoshimizga tegishli maslahatlar berildi.
Bundan tashqari, ikki nafar O'zbekiston fuqarosining noqonuniy olib qo'yilgan pasportlari egalariga qaytarildi. Bir nafar sog'ligi tufayli og'ir ahvolda qolgan yurtdoshimizga tezkor ravishda O'zbekistonga qaytish uchun ko'mak berildi va Qozog'iston huquq tartibot idoralari tomonidan ushlab turilgan uch nafar fuqaroni ozodlikka chiqarishga erishildi.
Shuningdek, diplomatlar Chimkent shahrida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston fuqarolari bilan alohida uchrashuv o'tkazdilar.
Muloqot chog'ida Qozog'istonning mehnat migratsiyasi bo'yicha qonunchiligi buzmaslik, haq-huquqlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari tartiblari yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi