Xorvatiyada og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi
Iyul 25, 2025. 16:21 • 41 soniya
• 133
ZAGREB, 25-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari ko'magida Xorvatiyada og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz bugun oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) ma'lumotiga ko'ra, vatandoshimiz V.J. 2022-yilda Xorvatiyaga vaqtincha ishlash maqsadida kelgan. 2025-yil 18-aprel kuni uning salomatligi keskin yomonlashib, Riyeka shahridagi klinik kasalxona markazining reanimatsiya bo'limiga insult tashxisi bilan yotqizilgan. O'tgan vaqt davomida unga zarur jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi.
Xorijiy hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida va O'zbekistonning vakolatli organlari ko'magida V.J. dastlab shifokorlar nazorati hamda tibbiy talablarga rioya qilingan holda Germaniyaga yetkazildi. Shundan so'ng, Myunxen–Toshkent yo'nalishi bo'yicha aviareysda reanimatolog hamrohligida O'zbekistonga qaytarildi.
Ta'kidlash joizki, xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi va bu yo'nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi