Logo

AQShdagi vatandoshlar uchun iftorlik tadbiri o'tkazildi

Mart 20, 2025. 12:47 • 40 soniya

105
 AQShdagi vatandoshlar uchun iftorlik tadbiri o'tkazildi

NYU-JERSI, 20-mart. /"Dunyo" AA/. AQShning Nyu-Jersi shtatida Amerika-Turkiston assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi bilan birgalik muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Vatandoshlarini birlashtirish, ma'naviy-madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida o'tkazilgan tadbirda AQShning turli shtatlaridan kelgan o'zbek jamiyati vakillari ishtirok etdi.

O'zbekistondan kelgan imomning ishtiroki tadbirga o'zgacha ruh bag'ishladi. U o'z ma'ruzasida Ramazon oyining ma'naviy poklanish, mehr-oqibat va birodarlikni mustahkamlash davri sifatidagi ahamiyatini ta'kidladi. Yig'ilganlarga vatandan uzoqda bo'lsada o'zbek milliy urf-odatlari, qadriyatlarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish vazifasi har bir ota-onaning yelkasida mas'uliyat ekanligi qayd etildi.

Ishtirokchilar bunday tadbirlarning o'tkazilishi AQShdagi o'zbek diasporasi o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, milliy va ma'rifiy an'analarni asrab-avaylash, yosh avlodni ajdodlari madaniy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini urg'uladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish