Janubiy Koreyaning Pusan shahrida "Elchi va vatandoshlar uchrashuvi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
Aprel 24, 2025. 18:08 • 2 daq
• 60
PUSAN, 24-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi "Dong-A" universitetida "Elchi va vatandoshlar uchrashuvi" mavzusida tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Janubiy Koreyada vaqtincha istiqomat qilayotgan, mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan va tahsil olayotgan yuzga yaqin fuqarolarimiz ishtirok etgan tadbirda O'zbekiston elchisi Alisher Abdusalomov dastlab vatandoshlarni elchixona faoliyati bilan tanishtirdi.
Qayd etildiki, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa qator yo'nalishlar bilan birgalikda, O'zbekiston fuqarolarining huquqlari va manfaatlarini chet elda har tomonlama himoya qilish, xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan samarali aloqa va munosabatlar o'rnatish, shuningdek, xorijiy davlatlardagi o'zbek diasporalari vakillari bilan hamkorlik qilishga alohida e'tibor qaratadi.
So'nggi yillarda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini rag'batlantirish, shuningdek, huquq va manfaatlarini to'laqonli va har tomonlama himoya qilishga ko'mak berish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta'kidlandi.
Bundan tashqari, ishtirokchilarga davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda "O'zbekiston–2030" strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Uchrashuvda vatandosh talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga O'zbekiston elchisidan batafsil javob oldilar.
Shartnoma asosida o'qiyotgan talabalarga grant dasturlarini jalb qilish, ilmiy ish bilan shug'ullanayotgan yoshlar uchun Vatanga qaytganda o'z sohasida mehnat faoliyati bilan shug'ullanishi uchun imkoniyatlar, vatandoshlar ishtirokida O'zbekistonga foydasi tegadigan loyihalarni ishlab chiqish, vatandoshlarimiz farzandlari uchun o'zbek tilini o'rgatuvchi, madaniyatimiz va tariximiz bilan tanishtiruvchi markazlar tashkil etish kabi takliflar bildirildi. Shuningdek, fuqarolarning konsullik xizmatlaridan foydalanishida qulayliklar yaratilish, ushbu xizmatlarni raqamlashtirish borasidagi reja va tashabbuslar, sun'iy intellekt mutaxassislariga O'zbekiston hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni Koreya Respublikasida turib amalga oshirish imkoniyatlari, O'zbekiston fuqarolari tomonidan Janubiy Koreyada yaratilgan sun'iy intellekt startaplarini qo'llab-quvvatlash masalalari xususida fikr almashildi.
Tadbirda so'zga chiqqan hamyurtlarimiz O'zbekistonda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning yuqori malakali mutaxassislar bo'lib yetishishlari, xorijiy davlatlardagi yetakchi oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar markazlarida bilim olishlari uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda chet eldagi vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan diqqatga molik chora-tadbirlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi