Logo

Moskvada O'zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari ishtirokida vatandoshlarimiz duch kelayotgan muammolar tahlil qilindi

Oktabr 22, 2025. 19:08 • 46 soniya

96
Moskvada O'zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari ishtirokida vatandoshlarimiz duch kelayotgan muammolar tahlil qilindi

MOSKVA, 22-oktyabr. "Dunyo" AA/. O'zbekiston Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova kecha amaliy tashrif bilan Rossiyaga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrifning dastlabki kunida Ombudsman O'zbekiston elchixonasida mamlakatimiz fuqarolari bilan uchrashdi. Muloqot fuqarolarimiz duch kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.

 Uchrashuvda, shuningdek, Rossiyaning Inson huquqlari bo'yicha vakili Tatyana Moskalkova va uning jamoasi, shuningdek, mezbon mamlakat Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, tashqi mehnat migratsiyasi, ruxsatnomalar va vizalar bilan ishlash departamenti vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida vatandoshlarimiz o'zlarini qiziqtirgan huquqiy va ijtimoiy yo'nalishlarda, jumladan, vaqtincha ishlash uchun kelgan shaxslar faoliyati, mehnat shartlari, ro'yxatdan o'tish (propiska), maktab ta'limi kabi sohalarga oid savollariga rasmiylardan javob olishdi.

Vatandoshlar ishtirokida bo'lib o'tgan muloqot ikki davlat Ombudsmanlari tomonidan bunday formatda ilk bor tashkil etildi. Tomonlar kelgusida ushbu shakldagi uchrashuvlarni muntazam o'tkazishga kelishib oldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish