O'zbekistonlik talabalar Xitoyda o'tkazilgan AKT bo'yicha xalqaro musobaqada uchinchi o'rinni egallashdi
May 29, 2025. 14:43 • 43 soniya
• 99
GUANCHJOU, 29-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Guandun provinsiyasi Shenjen shahrida "Huawei ICT Competition 2024-2025" xalqaro musobaqasining yakuniy final bosqichi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uch bosqichli – milliy, mintaqaviy va global tizim asosida o'tkazilgan musobaqalarda Toshkent axborot-texnologiyalari universitetining "Volta" jamoasi qatnashdi. Shuningdek, dunyoning 100 dan ortiq davlatlaridagi ikki mingta oliy ta'lim muassasalaridan 960 ming nafar talaba ishtirok etdi.
Musobaqaning "Innovatsiyalar tanlovi" nominatsiyasida jamoalar kundalik hayotda to'qnash keladigan muammolarni aniqlab, sun'iy intellekt, "bulutli" hisoblash, katta ma'lumotlar hamda boshqa texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy va tijorat qiymatga ega bo'lgan funksional yechimlarni taqdim etishdi.
Final bosqichida ishtirok etgan Xitoy, Germaniya, Turkiya, Polsha, Argentina, Qatar va boshqa davlatlar jamoalari orasida Toshkent axborot-texnologiyalari universitetining "Volta" jamoasining taqdimoti tashkilotchilari tomonidan yuqori baholandi va ular uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi