O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Makka shahrida mushkul vaziyatda qolgan yurtdoshimiz oilasi bag'riga qaytarildi
May 21, 2024. 12:21 • 52 soniya
• 779
JIDDA, 21-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko'magida Saudiya Arabistonining Makka shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan yurtdoshimiz A.R. oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxona ma'lumotiga ko'ra, yurtdoshimiz G.M. Saudiya Arabistoniga umra amallarni bajarish maqsadida borgan turmush o'rtog'i A.R. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli unga yordam ko'rsatishni so'rab murojaat qilgan.
A.R. Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida O'zbekistondan 30-mart kuni velosipedda yo'lga chiqqan. U O'zbekistondan Rossiyaga, u yerdan Gruziyaga borgan. Gruziya chegarachilari tomonidan u kelgan joyiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Shundan so'ng A.R. "Vladikavkaz – Istanbul – Jidda" yo'nalishi bo'yicha Saudiya Arabistoniga yetib kelgan.
Ma'lum bo'lishicha, Makkada bo'lgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari bo'lgan sumkalari o'g'irlab ketilgan.
Bosh konsulxona vakillari Makkadagi o'zbekistonlik fuqarolar yordamida A.R. topishga erishdi va unga O'zbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, faol vatandoshlar ko'magida "Madina-Toshkent" yo'nalishidagi aviaqatnovga chipta sotib olib berildi.
Yurtdoshimiz shu yil 17-may kuni sog'-salomat oilasi bag'riga qaytdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi