O‘zbek to‘qimachilik korxonalari Varshavadagi xalqaro ko‘rgazmada o‘z mahsulotlarini namoyish etdi
Oktabr 26, 2026. 22:00 • 2 daq
• 81VARSHAVA, 26-oktabr. /“Dunyo” AA/. Yevropa interer industriyasining eng yirik tadbirlaridan biri bo‘lgan “Warsaw Home & Contract 2026” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur ko‘rgazmada interer, mebel, uy to‘qimachiligi va dekorativ buyumlar sohasidagi yetakchi ishlab chiquvchilar hamda dizaynerlar jam bo‘ldi. O‘zbekistonning o‘n bitta to‘qimachilik korxonasi — “Aisha Home Textile”, “Sam Rafoat Tekstil”, “Bilnur Soft Textile”, “Nt Holding Home Textile”, “Osiyo Home Tex”, “Jahon Yuksalish Tekstil”, “Marwa Impex”, “Great-Kokand”, “Miranza Home Textile”, “Cotton Land” va “Heat Ansor” yagona milliy stend ostida ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmaning ilk kunidayoq o‘zbek paviloni xorijiy xaridorlar, dizaynerlar va soha mutaxassislarining katta qiziqishini uyg‘otdi. “PTAK Warsaw Expo” prezidenti Kazimej Pilkovich taqdim etilgan mahsulotlarning rang-barangligi va raqobatbardoshligini yuqori baholadi.
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari ishtirokchilarga mahalliy bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda mahsulot sotish, logistika zanjirlarini shakllantirish, bojxona masalalari va omborlarda saqlash yuzasidan zarur tavsiyalar berdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun polshalik kompaniyalar va soha tuzilmalari bilan maqsadli B2B uchrashuvlari tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



