Logo

O'zbekistonning Dubaydagi vakolatxonasida yosh hamyurtimiz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Noyabr 03, 2023. 19:56 • 32 soniya

124
O'zbekistonning Dubaydagi vakolatxonasida yosh hamyurtimiz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

DUBAY, 3-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Dubay shahridagi vakolatxonasida diplomatlar hamda professional yosh dizayner va rassom Umida Nurmurodova ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir davomida Umida Nurmurodova tomonidan yaratilayotgan san’at asarlarini kelgusida Birlashgan Arab Amirliklari, xususan Dubay shahrida keng ommalashtirish, shu bois ijodkorimizning shaxsiy ko'rgazmalarini tashkillashtirish, uning bu boradagi faoliyatini qo'llab-quvvatlash borasida suhbat olib borildi.

Umida Samarqand viloyatida tug'ilgan bo'lib, faoliyatini 2015-yildan buyon olib boradi. Jumladan, hamyurtimiz dizaynerlik uslubida 50 dan ortiq ayollar libosi, 200 dan ziyod professional abstrakt kartinalar hamda 70 dan ortiq devoriy asarlar muallifi hisoblanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish