Rossiyaning Novosibirsk shahrida mushkul ahvolda qolgan oila O'zbekistonga olib kelindi
Iyul 30, 2025. 12:09 • 32 soniya
• 114
NOVOSIBIRSK, 30-iyul. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning Novosibirsk shahrida og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni arafasida O'zbekiston Bosh konsulxonasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda yurtdoshimiz va uning voyaga yetmagan ikki farzandini Vataniga qaytarish bo'yicha tezkor amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Oila Novosibirsk shahrida o'ta og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgani sababli ularning zarur hujjatlari, jumladan bolalarga O'zbekistonga qaytish guvohnomalari bepul rasmiylashtirildi hamda aviachipta sotib olindi.
Hamyurtlarimiz 29-iyul tunda O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi