Logo

Rossiyada og'ir tan jarohati olgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

Mart 08, 2025. 11:32 • 56 soniya

329
Rossiyada og'ir tan jarohati olgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

VLADIVOSTOK, 8-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari sa'y-harakatlari bilan Vladivostok shahrida og'ir tan jarohati olgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

zbekiston Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko'ra, Samarqand viloyatidan bo'lgan yurtdoshimiz ariza bilan murojaat qilib, o'g'li S.G. baxtsiz hodisa oqibatida jiddiy jarohat olib Vladivostok shahar 2-sonli klinik shifoxonasida yotganini va dori-darmon uchun yetarli mablag' qolmaganini bildirgan hamda O'zbekistonga qaytish uchun amaliy yordam so'ragan.


Ma'lum bo'lishicha S.G. 2023-yilda Rossiyaning Xabarovsk o'lkasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan. Ammo, o'tgan yili oktyabr oyida Birobidjan shahrida ehtiyotsizligi oqibatida daraxtdan yiqilib, bo'yin umurtqa qismini sindirib olgan. Birobidjan shahar markaziy shifoxonasida unga operatsiya muolajasi o'tkazilib, statsionar davolashga olingan.


Biroq, bemorning otasi Birobidjan shahar markaziy shifoxonasida davolanayotgan o'g'lining sog'lig'idan ko'ngli to'lmay, uni Vladivostok shahar 2-sonli klinik shifoxonasiga o'tkazadi. Bu yerda ham shifokorlar bemorda qayta operatsiya o'tkazish kerakligini bildirgan. Biroq, yurtdoshlarimizda operatsiya uchun yetarli mablag' yo'qligi uchun davolanishni O'zbekistonda davom ettirishga qaror qiladi.


Mamlakatimiz diplomatlari ko'magida joriy yilning 5-mart kuni bemor hamyurtimizning O'zbekistonga qaytib ketishi uchun "Uzbekistan airways"ning Vladivostok-Toshkent yo'nalishidagi samolyotiga chipta sotib olib berildi va oilasi bag'riga kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish