Rossiyaning Magadan viloyatida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi
Iyun 13, 2025. 12:55 • 42 soniya
• 71
VLADIVOSTOK, 13-iyun. /"Dunyo AA/. Mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari joriy yilning 4-7-iyun kunlari ishchi tashrifi bilan Rossiyaning Magadan viloyatida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Safar doirasida ushbu hududda vaqtincha istiqomat qilayotgan va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston uchrashuvlar o'tkazildi.
Bo'lib o'tgan muloqotlar chog'ida vatandoshlarimizga mamlakatimiz davlatimiz rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan yangilanishlar, yangi ish o'rinlarini yaratish, migratsiya va Rossiyaga uyushgan holda ishga joylashish sohasidagi islohotlar, mehnat migrantlari va ularning oilalariga berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berdilar.
Shuningdek, hamyurtlarimiz Rossiya qonunchiligida belgilangan tartibda rioya qilish, millatlararo nizolarga aralashmaslik, turli noqonuniy guruhlar ortidan ergashmaslik bo'yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Suhbat yakunida fuqarolarga muammoli vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda murojaat qilishlari uchun Bosh konsulxona diplomatlarining telefon raqamlari taqdim etildi.
Bundan tashqari, ishchi safari davomida diplomatlarimiz Magadan viloyatidagi "O'zbekiston" jamoat tashkiloti rahbariyati bilan uchrashib, mazkur hududdagi vatandoshlarning huquqlarini munosib himoya qilishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi