Logo

Rossiyaning Omsk shahridagi O'zbekiston xalqlari ijtimoiy-madaniy markazi va "Do'stlik" uyiga o'zbek tilidagi kitoblar topshirildi

Avgust 07, 2025. 07:35 • 39 soniya

112
Rossiyaning Omsk shahridagi O'zbekiston xalqlari ijtimoiy-madaniy markazi va "Do'stlik" uyiga o'zbek tilidagi kitoblar topshirildi

OMSK, 7-avgust. /"Dunyo" AA/. Yurtimizning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Omsk shahridagi "Do'stlik" uyida O'zbekistonning madaniy-ma'rifiy salohiyatiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir avvalida so'zga chiqqan bosh konsul Aslam Akbarov o'zbek madaniyati, ilm-fani va adabiyotining jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi haqida to'xtaldi. Shuningdek, Omsk viloyati jamoatchiligini zamonaviy O'zbekistonning bugungi taraqqiyot yo'li bilan yaqindan tanishtirish muhimligi ta'kidladi.

Anjuman doirasida O'zbekiston milliy liboslari, kulolchilik namunalari, shirinliklar, sarxil mevalar bilan bezatilgan pavilyon tashkil etildi. O'zbek tilida ijro etilgan kuy va qo'shiqlar esa barchaga birdek manzur bo'ldi.

"Vatandoshlar" jamoat fondi va mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tomonidan Omsk shahridagi O'zbekiston xalqlari ijtimoiy-madaniy markazi va "Do'stlik" uyi rahbariyatiga kitoblar, milliy cholg'u asboblari va liboslar topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish