Rossiyaning Saxa Respublikasida qiyin ahvolga tushib qolgan oila O'zbekistonga qaytarildi
Mart 13, 2025. 11:37 • 31 soniya
• 164
NERYUNGRI, 13-mart. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko'magida Rossiyaning Saxa Respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning to'rt nafar farzandi O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ma'lum bo'lishicha, mazkur oila Neryungri shahrida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo'qotib qo'ygani uchun turli muammolarga duch kelgan.
Diplomatik vakolatxona xodimlari zudlik bilan ushbu oila bilan uchrashib, pasportini yo'qotgan bolalarning onasiga O'zbekistonga qaytish uchun bepul guvohnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, ayol va uning bolalarining yurtimizga kelishi uchun aviachipta sotib olindi.
Hamyurtimiz farzandlari bilan birga bugun O'zbekistonga uchib ketdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga