Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universiteti O'zbekistonda tashkil etiladigan bo'sh ish o'rinlari yarmarkalarida ishtirok etadi
Iyun 12, 2025. 17:16 • 42 soniya
• 123
SANKT-PETERBURG, 12-iyun. /"Dunyo AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi diplomatlari Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot davomida hamyurtlarimizning o'qish va yashash sharoitlari xususida fikr almashildi. Yurtimizda kechayotgan yangilanishlar haqida batafsil to'xtalib o'tildi. Shuningdek, qabul qiluvchi davlatning migratsiya qonunchiligida belgilangan talablarga rioya etish, turli noqonuniy tashkilotlar va yot g'oyalar ortidan ergashmaslik yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Diplomatlar vatandosh talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardilar.
Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universiteti rahbariyati bilan kechgan suhbatda talabalar uchun barcha shart-sharoit yaratilgani, yotoqxona va ro'yxatga olish jarayonida muammo yo'qligi ma'lum qilindi. Qayd etilishicha, Rossiya aviatsiya sanoatini 2030-yilgacha rivojlantirish kompleks dasturi doirasida xorijlik talabalar o'qish xarajatlari byudjet mablag'lari hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, universitet mutasaddilari bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash maqsadida O'zbekiston aviakompaniyalari tomonidan tashkil etiladigan bo'sh ish o'rinlari yarmarkalarida ishtirok etish istagini ma'lum qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga