Logo

Saudiya Arabistonidagi deportatsiya markazida saqlanayotgan O'zbekiston fuqarolari Vatanga olib kelindi

Avgust 26, 2025. 12:32 • 47 soniya

103
Saudiya Arabistonidagi deportatsiya markazida saqlanayotgan O'zbekiston fuqarolari Vatanga olib kelindi

JIDDA, 26-avgust /"Dunyo"AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi, O'zbekiston Din ishlari bo'yicha qo'mitasi va "Uzbekistan Airways" AJ hamkorligida Saudiya Arabistonining Makka shahridagi "Ash-Shumaisiy" deportatsiya markazida bo'lib turgan Z.Sh. va uning farzandlari yurtimizga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxona xodimlari Saudiya Arabistonidagi "Ash-Shumaisiy" deportatsiya markazi direktori Abdulatif as-Samaliy bilan ushbu oilani O'zbekistonga yuborish bo'yicha bir necha bor muzokara o'tkazdi. Muzokaralar natijasida vatandoshlarimizni O'zbekistonga qaytarish bo'yicha kelishuvga erishildi.

O'zbekiston Din ishlari bo'yicha qo'mitasi, Bosh konsulxona va "Uzbekistan Airways" AJ tomonidan Z.Sh. va uning farzandlariga mamlakatimiz ziyoratchilari uchun ajratilgan "Jidda-Toshkent" yo'nalishidagi charter reysiga aviabilet sotib olib berildi. Mazkur oila 24-avgust kuni O'zbekistonga yetib oldi.

Ushbu jarayon mamlakatimizda 30-iyuldan 30-avgustgacha e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi hamda O'zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi tomonidan Saudiya Arabistonida bo'lib turgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishga bo'lgan mas'uliyatli yondashuvning samarali natijasi bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish