Saudiya Arabistonidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazda bo'lgan hamyurtimiz O'zbekistonga qaytarildi
Avgust 20, 2025. 17:43 • 31 soniya
• 109
AR-RIYOZ, 20-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi ko'magida Saudiya Arabistonidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlaridan birida bo'lgan hamyurtimiz N.H. O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

N.H. joriy yilning 25-iyun kuni Bahrayndan turistik viza asosida Ar-Riyoz shahriga kelgan va 8-iyul kuni "Al-Masif" departamenti tomonidan qo'lga olingan.
Markaz rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida yurtdoshimizni O'zbekistonga qaytarish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Shundan so'ng, vatandoshimizning xorijga chiqish pasporti yo'qolganligi sababli unga elchixona tomonidan O'zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.
N.H.ning O'zbekistonga qaytishi uchun barcha aviachipta xarajatlari Saudiya Arabistoni tomonidan qoplandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga