O‘zbekiston Prezidentining Iordaniyaga davlat tashrifi yakunlandi

Noyabr 24, 2026. 21:25 • 52 soniya

• 13
O‘zbekiston Prezidentining Iordaniyaga davlat tashrifi yakunlandi

TOSHKЕNT, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Ammon shahrida Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan sermahsul muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirokidagi biznes forumiga tashrif buyurdi.

Sammit doirasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim qabul qilindi. Shu bilan birga, hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan jami 19 ta hujjat imzolandi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston yetakchisi va rafiqasini Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn kuzatib qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish