Logo

Misrda tahsil olayotgan hamyurtlarimiz 30-iyun – O'zbekistonda yoshlar kunini keng nishonladilar

Iyul 06, 2025. 11:35 • 41 soniya

72
Misrda tahsil olayotgan hamyurtlarimiz 30-iyun – O'zbekistonda yoshlar kunini keng nishonladilar

QOHIRA, 6-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi va Misrdagi O'zbekiston yoshlari uyushmasi tomonidan 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Al-Azhar universitetida Yoshlari forumi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Unda Misrda tahsil olayotgan yosh vatandoshlar, universitet professor –o'qituvchilari va boshqalar ishtirok etdi.

 Yig'ilganlarga O'zbekistonda davlatimiz rahbari boshchiligida yosh avlod vakillariga ko'rsatilayotgan e'tibor va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida ma'lumot berildi. Misrdagi vatandoshlarimiz ham yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo'shish imkoniyatlariga ega ekanligi, mamlakatimiz elchixonasi ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyorligi ta'kidlandi.

Misrdagi vatandosh talabalarni birlashtirish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston yoshlari uyushmasi tashkil etilgani qayd etildi. 

Bundan tashqari, vatandoshlarga elchixona konsullik bo'limi tomonidan ko'rsatilayotgan konsullik-huquqiy xizmatlari haqida ma'lumot berildi.

Tadbir doirasida talabalar o'rtasida intellektual o'yinlar va viktorina o'tkazildi. Unda faol qatnashgan ishtirokchilar munosib rag'batlantirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish