Logo

Qozog'istondagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

Avgust 05, 2025. 07:24 • 46 soniya

66
Qozog'istondagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

SHIMKENT, 4-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Qozog'istonning Shimkent shahri, Jambil va Turkiston viloyatlaridagi vatandoshlarimiz uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qabul davomida mazkur hududlarda vaqtincha va doimiy istiqomat qilayotgan hamda mehnat faoliyatini olib borayotgan O'zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy xizmatlari ko'rsatildi.

Jumladan, xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish masalasida 8 nafar, O'zbekistondan hujjatlarni talab qilish masalasi bo'yicha 2 nafar, fuqarolikdan chiqish, fuqarolikka mansub yoki mansub emasligi masalalari bo'yicha 10 nafar, Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirish bo'yicha 12 nafar hamda 1 nafar sog'lig'i tufayli og'ir ahvoldagi fuqaroga amaliy yordam ko'rsatildi. Shuningdek, 1 nafar O'zbekiston fuqarosining noqonuniy olib quyilgan pasporti o'z egasiga qaytarildi.

Bundan tashqari, diplomatlar Shimkent shahrida ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan alohida uchrashuv o'tkazdilar. Unda yurtdoshlarimizga Qozog'istonning migratsiya to'g'risidagi qonunchiligiga qat'iy rioya qilish va huquqlari buzilgan taqdirda Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari tavsiya etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish