Janubiy Koreyadagi vatandoshlar Qurbon hayitini o'zbekistonlik imomlar bilan birgalikda ado etishdi
Iyun 09, 2025. 09:56 • 2 daq
• 49
SEUL, 9-iyun. /"Dunyo"AA/. Koreya Respublikasi Musulmonlar federatsiyasi qarori bilan Qurbon hayiti ushbu mamlakatda 7-iyunda nishonlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Janubiy Koreyada vaqtinchalik istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ham ushbu bayramni ko'tarinki ruhda kutib oldilar.
Bundan tashqari, Qurbon hayiti arafasida Janubiy Koreyada bo'lib turgan vatandoshlarimiz bilan diniy-ma'rifiy suhbatlar tashkil etish maqsadida O'zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy vakillarining ushbu mamlakatga safari uyushtirildi.
Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu tashrif doirasida Toshkent shahridagi "Xo'ja Alambardor" masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov, Buxoro viloyati Chor Bakr masjidi imom xatibi, "Bahouddin Naqshband" ilmiy tadqiqot markazi xodimi Azizxo'ja Inoyatov, O'zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Habibullo Jo'raboyev, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti prorektori Jahongir Ro'ziyev ishtirokida Janubiy Koreyadagi fuqarolarimiz zich yashaydigan shaharlarda ma'rifiy suhbatlar o'tkazilmoqda.
Xususan, 7-iyun kuni vatandoshlarimiz Mokpo, Kvanju, Tegu, Kimxe kabi shaharlarda imomlarimiz bilan birgalikda Qurbon hayti namozini ado etdilar.
Qurbon hayit namozi o'qilgan joylarda O'zbekistondan kelgan imomlarimiz davlatimiz rahbarining Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakatimiz xalqimizga yo'llagan bayram tabrigining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil so'zlab berdilar.
Ayniqsa, mamlakatimiz rahbari o'z tabrigidagi "qalblarimiz quvonchga to'lgan ushbu fayzli kunlarda xorijiy davlatlarda bo'lib turgan vatandoshlarimizni ham bugungi ulug' ayyom bilan chin dildan qutlab, ularga sog'lik-omonlik, baxt va omad tilaymiz", degan jumlalar Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz ko'nglini tog'dek ko'tardi.
Vatandoshlarimiz Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan, tahsil olayotgan, mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan yurtdoshlarimiz orasida muqaddas dinimizning mazmun-mohiyatini tushuntirishga, tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetishga, shukronalik hissini kuchaytirishga, daxldorlik tuyg'usini oshirishga qaratilgan bunday ma'rifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etayotgani uchun elchixonaga, O'zbekiston Musulmonlar idorasiga va hukumatimizga minnatdorlik izhor qildilar.
Qurbon hayiti namozini ado etishda ishtirok etgan yurtdoshlarimizga O'zbekiston Musulmonlar idorasi imomlari tomonidan ushbu bayram tarixi, muqaddas Islom dini buyurgan ibodatlar, Vatanni sevish, yurtga sadoqat, ota-onaga xizmat qilish, shukronalik hissi bilan yashash, mamlakatimizda ma'naviy qadriyatlar yuksalishi yo'lida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar haqida ma'ruzalar qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi