Sian shahridagi vatandoshlar uchun futbol musobaqasi tashkil etildi
Noyabr 24, 2025. 19:22 • 2 daq
• 77
SIAN, 26-noyabr. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Sian shahrida mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi tomonidan vatandoshlar o'rtasida ishtirokida futbol musobaqasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganining 34 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada Sian shahridagi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar va mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan vatandoshlar hamda ayni vaqtda mazkur shaharda xizmat safarida bo'lib turgan yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.
O'yin do'stona ruhda kechdi. Hamyurtlarimiz muloqot chog'ida yurtimizdagi muhim siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar tadbirlarda faol ishtirok etishning ahamiyati, faol hayotiy pozitsiyasi va fuqarolik burchi haqida o'zaro fikr-mulohaza almashildi.
Elchixona diplomatlari tomonidan O'zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlar va o'zgarishlar, xorijda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so'z yuritdi.
Futboldan so'ng vatandoshlarimiz uchun dasturxon yozilib, milliy taomlar tortildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi