Qozon shahrida og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi
Sentabr 05, 2025. 21:01 • 26 soniya
• 118
QOZON, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko'magida Qozon shahrida og'ir kasallikka chalingan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

1981-yilda tug'ilgan hamyurtimiz A.B. ish vaqtida sog'lig'ida kuzatilgan muammolar tufayli Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan.
O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan birgalikda vatandoshimizni yurtimizga qaytarish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirdi.
A.B. diplomatlar va Migratsiya agentligi xodimlari ko'magida "Uzbekistan Airways" AJning "Qozon-Toshkent" aviayo'nalishidagi samolyotida O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Hamyurtimiz bugun sog'-salomat O'zbekistonga yetib oldi va davolanishni davom ettirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga