Logo

72 nafar vatandoshimiz E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaga keldi

Avgust 05, 2024. 19:29 • 40 soniya

163
72 nafar vatandoshimiz E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaga keldi

SEUL, 5-avgust. /"Dunyo"AA/. Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida yurtdoshlarimiz muntazam ravishda ushbu davlatga kirib kelmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, 5-avgust kuni 72 nafar vatandoshlarimiz E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaga keldi.

Inchon xalqaro aeroportida yurtdoshlarimiz mamlakatimiz elchixonasi xodimlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining ushbu davlatdagi vakolatxonasi va Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Shu yerning o'zida vatandoshlarga Koreya Respublikasi hududida bo'lish qonun qoidalari batafsil tushuntirildi va qonuniy mehnat faoliyatining hamda ish joyini o'zgartirmasdan ishlashning afzalliklari haqida ma'lumot berildi.

O'rnatilgan tartib intizomga rioya qilish kelgusida Koreya Respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik barqaror rivojlanishiga bevosita ta'sir ko'rsatishi alohida ta'kidlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish