Gruziyadagi vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam ko'rsatildi
Mart 28, 2024. 11:56 • 33 soniya
• 304
BOKU, 28-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi xodimlari vatandoshlar bilan uchrashish va ularga konsullik-huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida Tbilisi shahriga bordilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda vatandoshlarning Gruziyada bo'lish tartiblari, ular duch kelayotgan muammolar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga doimiy konsulliklarda ro'yxatdan o'tish, pasport almashtirish va boshqa masalalarda tegishli tavsiyalar berildi. Qiyin vaziyatda qolganlarga muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko'rsatildi.
Yig'ilganlarga migratsiya siyosatini takomillashtirish va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida so'zlab berildi. Jumladan, O'zbekiston Prezidentining "Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Farmonining mazmun-mohiyati alohida urg'ulandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi