Saudiya Arabistonining Madina shahrida birinchi o'zbek restorani ochildi
Fevral 15, 2024. 15:55 • 39 soniya
• 708
JIDDA, 15-fevral. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining Madina shahrida «Al-Urz va al-Kabab» nomli birinchi o'zbek tamaddixonasi ochildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Restoran Saudiya Arabistoni aholisi va dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar uchun o'zbek milliy taomlari, xalqimiz an'analari va madaniyati bilan yaqindan tanishish nuqtasiga aylanadi.
E'tiborlisi, bu yerda mijozlarga taklif etilayotgan taomlar milliy uslubda ishlagan idishlarga taqdim etilyapti. Restoranning barcha burchaklari maxsus monitorlar bilan jihozlangan bo'lib, ularda xorijlik mehmonlarga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shaharlari, urf-odatlari, sayyohlik salohiyati haqidagi videoroliklar namoyish qilinmoqda.
Mazkur majmua Saudiya Arabistonidagi vatandoshlarimiz Abror Akmalov va taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy tomonidan tashkil etildi.
Ularning aytishicha, ushbu restoran o'z mijozlari sonin kengaytirganidan keyin, Jidda va Makkada filial ochish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizning Jidda shahridagi Bosh konsulligi xodimlari tadbirkorlarga restoranni targ'ibot materiallari bilan ta'minlashga yordam bermoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga