Saudiya Arabistonidagi vatandoshlar o'rtasida futbol turniri tashkil etildi
Aprel 15, 2025. 19:13 • 34 soniya
• 86
AR-RIYOZ, 15-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Saudiya Arabistonidagi yurtdoshlarimiz o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Turnirda Saudiya Arabistonida vaqtincha ishlayotgan va turli ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan hamyurtlarimizdan tuzilgan jamoalar o'zaro kurash olib bordi.
Musobaqa g'olib va sovrindorlariga kubok, medal va esdalik sovg'alari tantanali tarzda topshirildi.
Ishtirokchilar bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish xorijda bo'lib turgan vatandoshlar uchun katta e'tibor ekanini hamda ularning sog'lom hayot tarzini ta'minlashlarida va vatandoshlarning bir-biri bilan yaqin muloqot o'rnatishida ko'prik vazifasini bajarishini ta'kidladidar. Shuningdek, ular turnir tashkilotchilariga hamda xorijdagi fuqarolarimiz manfaatlarini munosib himoya qilayotgan O'zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga