Logo

Rossiyaning Krasnodar o'lkasida qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

Iyul 31, 2025. 15:40 • 36 soniya

110
Rossiyaning Krasnodar o'lkasida qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

KRASNODAR, 31-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida Rossiyaning Krasnodar o'lkasida qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz B.E. O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotga ko'ra, B.E. 2020-yil fevral oyida Krasnodar o'lkasiga ishlash maqsadida kelgan va turli mavsumiy ishlarda mehnat qilgan.

Biroq, ko'p o'tmay koronavirus pandemiyasi oqibatida ishsiz va mablag'larsiz qiyin ahvolga tushib qolgan. Shuningdek, u mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida barcha hujjatlarini yo'qotgan.

B.E. o'z murojaatida hujjatlarini rasmiylashtirish va O'zbekistonga qaytarishda amaliy ko'mak so'ragan.

Bosh konsulxona tomonidan unga Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi va Migratsiya agentligining Krasnodar o'lkasidagi vakolatxonasi ko'magida aviachipta xarid qilib berildi. Hamyurtimiz kuni kecha O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish