Fransiyada 30-iyun – O'zbekistonda Yoshlar kuni bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi
Iyul 02, 2025. 10:57 • 2 daq
• 50
PARIJ, 1-iyul. /"Dunyo" AA/. Fransiya poytaxtida 30-iyun – O'zbekistonda Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va mamlakatimizning elchixonasi tomonidan o'tkazilgan tadbirda Fransiyada ta'lim olayotgan va ishlayotgan yurtimiz yoshlari ishtirok etishdi.
Bayram tadbirini O'zbekiston elchisi Nodir G'aniyev qutlov nutqi bilan ochib berdi. Elchi o'z ma'ruzasida davlatimiz rahbariyati tomonidan yoshlarning ta'lim, rivojlanish, fan, biznes, madaniyat, sport va jamoat hayotida o'z salohiyatlarini to'liq namoyon qilishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar to'g'risida ta'kidladi. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishlari mamlakatimiz ravnaqi uchun xizmat qilishi urg'ulandi. Diplomat O'zbekiston elchixonasi Fransiyadagi yoshlarimizni qo'llab-quvvatlashga va ularning tashabbuslarini rag'batlantirishga tayyor ekanini alohida qayd etdi.
O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Fransiyadagi vakili ishtirokchilarni Yoshlar kuni bayrami bilan tabriklash barobarida ularni yanada faol, bilimli va tashabbuskor bo'lishga, shuningdek, Vatan bilan mustahkam aloqani saqlashga chaqirdi.
Tadbir doirasida Fransiyada tahsil olgan va hozirda turli sohalarda ishlab kelayotgan vatandoshlar bilan alohida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ular o'z tajribalari, muvaffaqiyatga erishish yo'llari va fransiyalik hamkasblar bilan birgalikda amalga oshirayotgan qo'shma loyihalari haqida so'zlab berdilar.
Maxzuna Yunusova, vatandosh:
– Yoshlarga bo'lgan ishonch, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash – bu mamlakat taraqqiyotiga ishonch demakdir. O'zbekiston yoshlari Fransiyada ham juda faol. Bugun bo'lib o'tgan tadbir davomida ko'plab yangi do'stlar bilan tanishdik va hamkorlik rejalarini kelishib oldik. Men yurtimiz elchixonasi ko'magida startap loyihalarini amalga oshirishni rejalashtiryapman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi