O'zbekiston delegatsiyasi Jahon bojxona tashkiloti tomonidan tashkil etilgan xalqaro sessiyada ishtirok etdi
Sentabr 30, 2025. 17:05 • 45 soniya
• 46
BRYUSSEL, 27-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Jahon bojxona tashkiloti shtab kvartirasida Uyg'unlashgan tizim bo'yicha a'zo davlatlar o'rtasida munozarali tovarlarning TIF TN kod raqamlarini yagona tizimiga solish bo'yicha xalqaro sessiya bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Sessiyada Jahon bojxona tashkilotiga a'zo davlatlarning 130 dan ortiq delegatlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. O'zbekiston tomonidan Markaziy bojxona laboratoriyasi vakillari qatnashdi.
E'tiborlisi shundaki, sessiya kun tartibida O'zbekiston bojxonachilarining tashabbusi bilan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning xalqaro uyg'unlashtirilgan tizimiga o'zgartirish kiritish bo'yicha taqdim etilgan sport bilan shug'ullanish vaqtida iste'mol qilinadigan proteinlar va tarkibida kakao mavjud bo'lgan mahsulotlar bo'yicha takliflari xam ko'rib chiqildi.
Qolaversa, sessiyada ishtirok etayotgan a'zo davlatlar bilan tovarlarning TIF TN kodini aniqlashda sun'iy intellektni qo'llash masalalari bo'yicha ham tajribalar almashildi. Xususan, dastlabki bosqichlarda maishiy texnika va transport vositalarining tasniflanish mexanizmi ko'rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi