O'zbekiston delegatsiyasi Novosibirskda o'tgan xalqaro forumda qatnashdi
Sentabr 01, 2025. 14:45 • 50 soniya
• 78
NOVOSIBIRSK, 1-sentabr. /"Dunyo" AA/. Novosibirsk shahrida ilmiy, ta'lim va muhandislik markazlari, ilg'or muhandislik maktablari, kampuslar va ilmiy institutlar vakillarini jamlagan navbatdagi "Texnoprom–2025" xalqaro forumi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Toshkent shahridagi IT-Park, Raqamli texnologiyalar, Sog'liqni saqlash vazirliklari va Surxondaryo viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari vakillaridan iborat O'zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Forum doirasida mamlakatimiz ishtirokchilari Rossiyaning boshqa hududlari qatori Sibirning turli mintaqalaridagi hamkasblari bilan ham mamlakatimiz bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish, ham yetakchi IT-markazlar va parklar o'rtasida kasbiy tajriba almashish masalalari yuzasidan qator muzokaralar olib bordi.
Xususan, "MDHda ilmiy-texnikaviy hamkorlikning asosiy omillari va istiqbollari" mavzusidagi panel cessiyasida O'zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov ishtirokchilar e'tiborini Sibir federal okrugi texnika oliy o'quv yurtlari va ilmiy markazlarining O'zbekistonning shu kabi markazlari va oliy ta'lim muassasalari bilan yanada kengroq hamkorligi zarurligiga qaratdi.
O'zbekiston O'simlik moddalari kimyosi institutining ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar bo'yicha direktori o'rinbosari Burxon Elmurodov o'z navbatida, institut faoliyati haqida so'zlab berdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi