Logo

O'zbekiston diplomatlari Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

Oktabr 08, 2025. 15:57 • 41 soniya

71
O'zbekiston diplomatlari Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

SANKT-PETERBURG, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rahbariyati va vatandosh talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Universitet vakillari ma'lumotiga ko'ra, hozir kunda mazkur universitetda 34 nafar O'zbekiston fuqarosi tahsil olmoqda. Oliy ta'lim muassasasi O'zbekistondagi qator tibbiyot universitetlari, jumladan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Farg'ona davlat tibbiyot universiteti, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi oliy o'quv yurtlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

Uchrashuvda Rossiya-O'zbekiston munosabatlari, O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlik masalalari, shuningdek, o'zbekistonlik talabalarning ta'lim olishi, ularning akademik ko'rsatkichlari va yotoqxona bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Vatandosh talabalar bilan uchrashuv chog'ida Bosh konsulxona xodimlari konsullik-huquqiy masalalar xususida ma'lumot berdilar. Vatandoshlarga Rossiyaning migratsiyaga oid qonunlariga rioya qilish shartligi ta'kidlandi.

 

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish