O'zbekiston elchisi Polsha oila, mehnat va ijtimoiy himoya vaziri o'rinbosari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Oktabr 09, 2025. 09:16 • 40 soniya
• 21
VARSHAVA, 9-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha oila, mehnat va ijtimoiy himoya vaziri o'rinbosari Sebastiyan Gayevski bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muzokaralar davomida ushbu vazirlik va O'zbekiston Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi o'rtasida aloqalarni rivojlantirish hamda mehnat migratsiyasi sohasida ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.Xorij tomoniga O'zbekiston tomonidan taklif etilayotgan "Migratsiya va mobillik" to'g'risidagi hukumatlararo shartnoma borasida batafsil ma'lumot berildilar.
Muloqot yakunida aholining kam ta'minlangan qatlamini qo'llab-quvvatlash, nogironlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko'mak ko'rsatish kabi yo'nalishlarida Polsha oila, mehnat va ijtimoiy himoya vaziri va O'zbekiston Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi o'rtasida tizimli aloqalarni yo'lga qo'yishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi