O'zbekiston mutaxassislari Latviyaning veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilg'or tajribasini o'rgandi
Iyul 08, 2025. 19:38 • 38 soniya
• 52
RIGA, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi hamda Veterinariya qo'mitasi huzuridagi Nasilchilik ilmiy – ishlab chiqarish markazi mutaxassislari uchun Latviyada o'quv-seminari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi va Latviyaning "Siguldas" naslchilik markazi bilan hamkorlikda uyushtirilgan o'quv-seminari mamlakatimiz iqlim sharoitida qoramollarni sun'iy urug'lantirish orqali zotdor chorva yetishtirish imkoniyatlarini oshirish, sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajribani o'rganish maqsadida bo'lib o'tdi.
Seminar ishtirokchilariga Latviyadagi veterinariya va chorvachilik sohasidagi ilg'or amaliyotlar, urug'lantirish jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar, laboratoriya tekshiruvlari, genetik sifatni baholash va zot tanlash metodikasi haqida batafsil ma'lumot berildi.
O'quvlar yakunida ikki mamlakat mutaxassislari o'rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qo'shma tadqiqotlarni olib borish va dolzarb mavzularda seminar tashkil etishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi