O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi delegatsiyasi Hindiston poytaxtidagi xalqaro forumda yangi kelishuvlarga erishdi
Sentabr 19, 2025. 19:09 • 55 soniya
• 49
DEHLI, 19-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Hindistonda bo'lib o'tayotgan Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (International Electrotechnical Comission – IEC) Bosh Assambleyasining 88-yig'ilishi doirasida O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Germaniya milliy elektrotexnika qo'mitasi delegatsiyalari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda Germaniya O'zbekistonning tashqi savdo aylanmasida 10 ta eng yirik hamkor davlatlardan biri hisoblanishi hamda bugungi kunda savdo-iqtisodiy munosabatlar yildan yilga izchil rivoj topayotgani, xususan, mashinasozlik, "yashil" energetika, qurilish, tibbiyot va boshqa yo'nalishlardagi o'zaro manfaatli aloqalar yangi bosqichga ko'tarilayotgani ta'kidlandi.
Tomonlar standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mitalar faoliyatini takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonida xalqaro standartlarga rioya qilinishini ta'minlash, standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish va yuritish, savdo-iqtisodiy sheriklikda texnik to'siqlarni bartaraf etish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Mutaxassislarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, ularning savdodagi texnik to'siqlarni bartaraf etish borasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida grant va texnik ko'mak mablag'larini jalb etish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston va Germaniya standartlashtirish tashkilotlari o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi