O'zbekiston va Hindiston sud ekspertizasi tadqiqot muassasalari o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi
Aprel 18, 2025. 15:03 • 43 soniya
• 72
DEHLI, 18-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Kriminologiya tadqiqot instituti rahbari Baxtiyor Berdialiyev boshchiligidagi delegatsiya "Yangi jinoyat qonunlarini samarali qo'llash va terrorizmga qarshi kurashishda sud ekspertizasining o'rni" mavzusidagi Umumhindiston sud ekspertizasi sammitida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir ishtirokchilari sud ekspertizasi usullarini yangi jinoyat qonunlariga muvofiqlashtirish, sud ekspertizasining huquqiy asoslarini mustahkamlash, terrorizmga qarshi kurashishda tergov imkoniyatlarini kengaytirish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini ko'rib chiqdi.
Sammitda O'zbekistonda milliy sud ekspertizasi tizimini takomillashtirish, bu boradagi ilg'or xalqaro tajribani o'rganish borasida amalga oshirilayotgan izchil sa'y-harakatlar haqida ma'lumot taqdim qilindi.
O'zbekiston delegatsiyasi Umumhindiston sammiti doirasida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o'tkazdi, o'zaro manfaatli aloqalarni yana-da rivojlantirish bo'yicha kelishuvlarga erishdi.
Shuningdek, O'zbekiston Kriminologiya tadqiqot instituti va Hindiston Milliy sud ekspertizasi universiteti o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi