Logo

O'zbekiston va Xitoy oliy ta'lim muassasalari texnik-professional mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha qo'shma o'quv dasturini amalga oshiradi

Iyul 12, 2025. 15:07 • 53 soniya

58
O'zbekiston va Xitoy oliy ta'lim muassasalari texnik-professional mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha qo'shma o'quv dasturini amalga oshiradi

GUANCHJOU, 12-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Toshkent davlat transport universiteti proyektori Bahodir To'rayev boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyaning Guandun provinsiyasiga safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz vakillari safar davomida Guandun telekommunikatsiya politexnika instituti prorektori Syun Szyai bilan uchrashdilar. Muzokaralarda transport sohasi uchun xalqaro darajadagi texnik-professional mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida Toshkent davlat transport universiteti va Guandun telekommunikatsiya politexnika instituti o'rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Mazkur hujjatga muvofiq talaba va o'qituvchilar almashinuvi, qo'shma tadqiqotlar, amaliyotlar o'tkazish va qo'shma o'quv dasturlarini yaratish kabi yo'nalishlarda amaliy hamkorlik yo'lga qo'yilada.


Delegatsiya rahbari, proyektor Bahodir To'rayev, shuningdek, kichik hajmdagi uchuvchisiz apparatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Guangdong Fengpai Technology" kompaniyasi asoschisi va raisi Xao Yu bilan muzokara o'tkazdi.


Unda Xitoy kompaniyasi bilan birgalikda Transport universiteti qoshida yangi tashkil etilgan Sanoat texno-parki imkoniyatlaridan foydalangan holda mazkur kompaniya mahsulotlarining ayrim ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish taklifi bildirildi. "Guangdong Fengpai Technology" rahbari ushbu loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini joyida o'rganish uchun kompaniya mutaxassislarini O'zbekiston yuborishga tayyorligini bildirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish