O'zbekiston va Sloveniya ichki ishlar vazirliklari o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda
Iyun 12, 2025. 12:51 • 31 soniya
• 56
LYUBLYANA, 12-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Sloveniya ichki ishlar vaziri Bostyan Poklukar bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ichki xavfsizlik, migratsiya va huquqni muhofaza qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilindi. O'zbekiston va Sloveniya ichki ishlar vazirliklarining tegishli tuzilmalari o'rtasida bevosita ishchi aloqalarni yo'lga qo'yish, turli darajadagi o'zaro tashriflarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar amaliy hamkorlikni mustahkamlashdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va ikki davlatning tegishli idoralari o'rtasidagi muloqotni yanada kengaytirish muhimligini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi