Logo

O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi

Dekabr 18, 2025. 10:56 • 55 soniya

153
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi

ANQARA, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Anqara shahrida ishchi tashrif bilan bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston delegatsiyasining Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir O‘ralo‘g‘li bilan o‘tkazgan muzokaralarda transport va logistika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya transporti yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Avtomobil transporti sohasida tranzit operatsiyalarini soddalashtirish, logistika xarajatlarini kamaytirish hamda yuk tashish jarayonlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Turkiyada barpo etilayotgan zamonaviy avtomobil yo‘llari va yo‘l infratuzilmasi obyektlari bilan yaqindan tanishdi. Loyiha ishlab chiqish, qurish hamda ekspluatatsiya qilishda qo‘llanayotgan ilg‘or muhandislik texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘zlashtirildi. Tomonlar mazkur yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni tizimli asosda davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuvlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida transport sohasidagi strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Transport vazirligi delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi davlat rahbari tomonidan shu yil 9-dekabr kuni avtomobil yo‘llari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish