Logo

O'zbekiston vakillari Qohirada bo'lib o'tgan "Sun'iy intellekt davrida malakali muftiyni tayyorlash" mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirok etishdi

Avgust 15, 2025. 16:24 • 51 soniya

54
O'zbekiston vakillari Qohirada bo'lib o'tgan "Sun'iy intellekt davrida malakali muftiyni tayyorlash" mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirok etishdi

QOHIRA, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 12-13-avgust kunlari Misr poytaxti Qohira shahrida "Sun'iy intellekt davrida malakali muftiyni tayyorlash" mavzusidagi 10-Xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Konferensiya Misrning Dar al-Ifto tashkiloti hamda Butun dunyo fatvo idoralari va institutlari bosh kotibiyati tomonidan tashkil etildi.

Anjumanda 70 dan ortiq mamlakatdan muftiylar, diniy ulamolar, davlat rasmiylari va axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari ishtirok etdi. Jumladan, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Fatvo markazi bosh mutaxassisi Abdullatif Tursunov va mamlakatimiz diplomatlari qatnashdi.

Unda yangi davr talablariga mos malakali muftiylarni tayyorlash, sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish kabi mavzular muhokama qilindi.

O'zbekiston delegatsiya a'zolari o'z ma'ruzalarida mamlakatimizda aholining diniy ehtiyojlarini qondirish, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash va Fatvo markazi faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to'xtaldilar. Shu bilan birga, sun'iy intellekt imkoniyatlaridan mas'uliyat bilan foydalanish bo'yicha O'zbekiston tajribasi xalqaro hamjamiyat e'tiboriga taqdim etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish