Logo

O'zbekistonda "Strategiya – 2030" doirasida olib borilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yo'nalishlari va tamoyillari bilan to'la uyg'un

Iyun 13, 2025. 17:56 • 45 soniya

32
O'zbekistonda "Strategiya – 2030" doirasida olib borilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yo'nalishlari va tamoyillari bilan to'la uyg'un

TOSHKENT, 13-iyun. /"Dunyo AA/. Jeneva shahrida Xalqaro mehnat tashkilotining 113-sessiyasi doirasida Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo'yicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Parlament yuqori palatasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, muloqot davomida O'zbekiston va XMT o'rtasidagi hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, amalga oshirilayotgan qator muhim tashabbuslar va loyihalar muhokama qilindi.

Jumladan, har yili ijtimoiy mehnat huquqlari va boshqa yo'nalishlarda XMT bilan imzolanayotgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Bundan tashqari, O'zbekistonda "Strategiya – 2030" doirasida olib borilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yo'nalishlari va tamoyillari bilan to'la uyg'un ekani ta'kidlandi.

Shuningdek, uchrashuvda munosib mehnat bo'yicha 2021-2025-yillarga mo'ljallangan mamlakat dasturining amalga oshirilishi bo'yicha ham fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish